Otabek Alixo‘jayev - toshkentlik ko‘cha musiqachisi. U 2-yil oldin, 16 yoshida yerosti yo‘laklarida gitara chalishni boshlagan.
Bu vaqt ichida Otabek ko‘cha musiqachilari orasida o‘z o‘rnini egallashga muvaffaq bo‘ldi.
U chalishni qanday o‘rgangani, nima uchun chalayotgani va boshqa musiqachilar uni qanday qarshi olganini Sputnik muxbiri bilan suhbatda gapirib berdi.