Ukraina Rossiya tankeriga hujumni "klassik ssenariy" bo‘yicha olib borgan — OAV

Kerch bo‘g‘ozida Rossiya tankeriga hujum Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan uyushtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Ukraina xavfsizlik xizmati Kerch bo‘g‘ozida Rossiyaning "Sig" tankeriga hujum uyushtirganini tan oldi. Bu haqda Ukrainaning UNN nashri xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Ukraina xavfsizlik xizmati kechasi Rossiyaning yirik neft tankeri SIGni portlatib yubordi", deydi nashr suxbatdoshi.
Uning ta’kidlashicha, operatsiya "klassik ssenariy" bo‘yicha olib borilgan, hujum uchun ular 450 kilogramm trotilli yer usti dronidan foydalanishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina droni Kerch bo‘g‘ozining janubiy qismidagi Rossiyaning "SIG" tankeriga hujum qilgani ma’lum qilingandi. Hujum natijasida tankerda teshik paydo bo‘lgan, kemani suv bosishi xavfi yo‘q, ekipaj jabrlanmagan.