TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Ukrainaning Qora dengizdagi Rossiya neft infratuzilmasiga hujumi Oq uyni g‘azablantirishi va mamlakatning yordamiga tahdid solishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti Financial Times nashriga tayanib xabar berdi.
“Neft eksporti infratuzilmasiga hujum Vashington va boshqa G‘arb poytaxtlarida xavotirga sabab bo‘lishi mumkin”, deyilgan xabarda.
Jurnalistlar Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Xelema Kroftga tayanib, "Oq uy bozorga Rossiya nefti yetkazib berishning qisqarishiga olib keladigan hech narsani olqishlamasligini" aytishdi.
"Chunki AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati jahon narxlarining ko‘tarilishi va jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazilishini to‘xtatish uchun har tomonlama harakat qilmoqda, ayniqsa shtatlarda bo‘lajak saylovlar oldidan", deyilgan xabarda.
Vashingtonning xavotirlaridan biri shundaki, agar kengroq energetika inqirozi yuzaga kelsa, G‘arbning Ukrainaga yordamini saqlab qolish qiyinroq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina droni Kerch bo‘g‘ozining janubiy qismidagi Rossiyaning "SIG" tankeriga hujum qilgani ma’lum qilingandi. Hujum natijasida tankerda teshik paydo bo‘lgan, kemani suv bosishi xavfi yo‘q, ekipaj jabrlanmagan.
Ukraina xavfsizlik xizmati Kerch bo‘g‘ozida Rossiyaning "Sig" tankeriga hujum uyushtirganini tan oldi. Aytilishicha, operatsiya "klassik ssenariy" bo‘yicha olib borilgan, hujum uchun ular 450 kilogramm trotilli yer usti dronidan foydalanishgan.