TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘tgan davrda katta bilim va tajriba orttirgan temir yo‘l sohasi xodimlari o‘z vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning temir yo‘l transporti sohasi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida ma’lum qilindi.
Prezident temir yo‘l transporti sohasidagi ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislar, mashinist va vagon kuzatuvchilari, soha faxriylarini temir yo‘l transporti xodimlari kuni bilan tabrikladi.
“Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishida xalqaro poyezd
© O‘zbekiston temir yo‘llari
“Siz, azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar, xonadonlaringizga tinchlik, baxt va qut-baraka tilayman”, deyilgan bayram tabrigida.
Aytilishicha, mamlakat Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib temir yo‘l sohasida o‘zining og‘ir mashinasozlik va quyuv-metallurgiya sanoatiga ega bo‘ldi.
Samarqand temir yo‘l vokzali
© Toshkent MTU
"Eng muhimi, sohada amalga oshirilayotgan murakkab boshqaruv va texnologik ishlarning barchasi o‘zimizning mahalliy mutaxassislarimiz, azmu shijoatli yoshlarimiz tomonidan bajarilmoqda", deya qo‘shimcha qilingan tabrikda.
Samarqand temir yo‘l vokzali
© Toshkent MTU
Prezident o‘z tabrigida ushbu tizimda sidqidildan mehnat qilayotgan barcha yuksak mahoratli, jonkuyar insonlarga o‘zning va fuqarolar nomidan tashakkur bildirgan.