O‘zbekiston delegatsiyasi II MDH o‘yinlarida ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi — foto

Yoshlar siyosati va sport vaziri ham II MDH davlatlari o‘yinlarini kuzatib boradi.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi II MDH o‘yinlarida ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Belarusda o‘tkazilayotgan II MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi dastlabki medaliga ega chiqdi.
Og‘ir atletikachi Og‘abek Nafasov -55 kg vazn toifasida kechgan bahsda eng yuqori natija ko‘rsatib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. U dast ko‘tarishda 110 kg, siltab ko‘tarishda 130, ikki kurash hisobida esa 240 kg natija qayd etdi.
O‘zbekistonlik sportchilar II MDH davlatlari o‘yinlarida ishtirok etishmoqda.
O‘zbekistonlik sportchilar allaqachon sohil voleyboli, yengil atletika, o‘q otish, yunon-rum kurashi, badiiy gimnastika musobaqalarida ishtirok etishmoqda.
O‘zbekistonlik sportchilar II MDH davlatlari o‘yinlarida ishtirok etishmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasining asosiy qismi Minsk shahriga joylashgan. Umumiy hisobda delegatsiya 22 ta sport turida 300 nafardan ziyod atlet bilan ishtirok etadi.
O‘zbekistonlik sportchilar II MDH davlatlari o‘yinlarida ishtirok etishmoqda.
Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov ham II MDH davlatlari o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan Belarus Respublikasiga yetib bordi.
Adkham Ikramov II MDH davlatlari o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan Belarus Respublikasiga yetib bordi.
Vazir Belarusga tashrifi davomida Rossiya sport vaziri Oleg Matitsin, Belarus Turizm va sport vaziri Sergey Kovalchuk, Tojikiston Bosh vazir o‘rinbosari Matluba Sattoriyan hamda Ozarbayjon, Armaniston davlatlari sport mutasaddilari bilan birgalikda "Xatin" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, ushbu majmuaga gul qo‘yishdi.
Adkham Ikramov II MDH davlatlari o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan Belarus Respublikasiga yetib bordi.
Eslatib o‘tamiz, MDH o‘yinlari 4-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Belarusning 11 ta shahrida sportning 21 turi bo‘yicha o‘tkaziladi.
MDH o‘yinlarda 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston sport delegatsiyalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.