TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar MDH o‘yinlarida ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Yoshlar siyosati va sport vazirligi.
Belarusda o‘tkazilayotgan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ikkinchi oltin medaliga ega chiqdi.
MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ikkinchi oltin medaliga ega chiqdi.
© NOK
"Og‘ir atletikachi Jamila Panfilova -55 kg vazn toifasida kechgan bahsda oltin medalga sazovor bo‘ldi. U dast ko‘tarishda ikki kurashda 190 kg natija qayd etdi", deyiladi xabarda.
MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ikkinchi oltin medaliga ega chiqdi.
© NOK
Eslatib o‘tamiz, avvalroq og‘ir atletikachi Og‘abek Nafasov -55 kg vazn toifasida kechgan bahsda eng yuqori natija ko‘rsatib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. MDH o‘yinlarida umumiy hisobda delegatsiya 22 ta sport turida 300 nafardan ziyod atlet bilan ishtirok etadi.
MDH o‘yinlari 4-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Belarusning 11 ta shahrida sportning 21 turi bo‘yicha o‘tkaziladi. MDH o‘yinlarda 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston sport delegatsiyalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.