TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
"Davlat rahbari oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazdi. O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Pprezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etdi. Unda mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi", deyiladi xabarda.
Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Ashxobodda O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojkiston prezidentlari ishtirokida uch tomonlama sammit bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev, Serdar Berdimuxamedov va Emomali Rahmonlar Ashxobodda uch tomonlama sammitda ishtirok etib, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma bayonot imzoladi.