Kelasi yil Buxoro – Xiva yo‘nalishida ham yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Mirziyoyev: zamonaviy “Afrosiyob” elektropoyezdlari milliy temir yo‘l transportining brendiga aylandi.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Kelgusi yilda Buxoro – Xiva yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning temir yo‘l transporti sohasi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida ma’lum qilindi.
Aytilishicha, poytaxtdan Samarqand, Buxoro, Qarshi kabi tarixiy shaharlarga qatnayotgan zamonaviy “Afrosiyob” elektropoyezdlari milliy temir yo‘l transportining brendiga aylandi.
"Nasib etsa, kelgusi yilda Buxoro – Xiva yo‘nalishida ham yuqori tezlikda harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘yamiz”, deyilgan tabrikda.
Uzbekistan poluchil patiy poyezd Afrosiab
Qayd etilishicha, mamlakatda 2 ming 400 kilometrdan ko‘proq yangi temir yo‘llar qurilib, foydalanishga topshirilgan.
"Afrosiyob" tezurar poyezdi
Shuningdek, ming kilometrdan ziyod yo‘llar elektrlashtirildi, 1 ming 100 kilometrdan ortig‘i esa reabilitatsiya qilindi.
O‘zbekistonga yangi Talgo poyezdi keltiriladi, arxiv surat.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganidan buyon yuk va yo‘lovchi tashish hajmi 2 barobardan ziyodga ko‘paydi. Ularda 1,6 milliard tonna yuk tashilib, 380 million nafar yo‘lovchi manzilga yetkazilgan.