TOShKENT, 5 avg — Sputnik. AQSh Rossiyadan Qora dengizdagi g‘alla tashabbusini qayta boshlash evaziga nimani xohlayotganini aniqlab berishini istaydi. Bu haqda Davlat departamentining Sanksiyalar bo‘limi rahbari Jeyms O"Brayen ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Avvalo, Rossiya nima talab qilayotganiga aniqlik kiritishi kerak. U bir qator turli talablarni ilgari surdi, ularning barchasi Rossiyaning turli institutlari xususiy sektordan xizmatlar olmasligi bilan bog‘liq”, dedi u matbuot brifingida.
O"Brayenning so‘zlariga ko‘ra, AQSh bu masalalarning har qaysisida yordam berishga tayyorligini aytgan. Biroq, Rossiya nimani muvaffaqiyat deb bilishi noma’lum.
Davlat kotibi Entoni Blinkenning ortidan O"Brayen yana bir bor ta’kidladiki, Rossiya o‘tgan yili rekord darajada - 61,8 million tonna g‘alla eksport qilgan, bu "o‘tgan yillardagidan 10-15 foizga ko‘pdir".
“Agar sayyoramiz uchun oziq-ovqat mezon bo‘lsa, biz Rossiya eksportiga yordam berish uchun BMT va Turkiya bilan shug‘ullanayotgan jarayon ishlamoqda va Rossiya shikoyatlari juda yaxshi ishlaydigan tizim haqida kichik shikoyatlarga o‘xshaydi”, dedi diplomat.
2022 yil 22-iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan Qora dengiz tashabbusi Ukraina don va oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan o‘g‘itlarni eksport qilishni nazarda tutadi.