Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin — O‘zbekistonda 6-avgust uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Ertaga, 6-avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkn, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Prognozlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +22-24, kunduzi +33-35 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18-23, kunduzi 31-36 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 28 darajagacha, kunduzi +33-38 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +30-35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +21-26, kunduzi +37-42 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +30-35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +21-26 daraja bo‘ladi.