TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Istanbuldagi savdo markazlaridan birida ikki nafar shubhali shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Hürriyet gazetasi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Istanbul g‘arbidagi Bayrampasha tumanida joylashgan savdo markazlaridan birida fuqaro D.B.ning sumkasi o‘z-o‘zidan yonib ketgan. Shubhali voqeadan so‘ng politsiya uni va sherigini hibsga olgan.
Keyin aniqlanishiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari (Turkiyada terrorchi sifatida tan olingan va faoliyati taqiqlangan) bo‘lib chiqqan. Ular xorijdan yuborilgan pul evaziga portlovchi moddalar sotib olishgan va uni do‘konga o‘rnatmoqchi bo‘lishgan, lekin negadir sumka muddatidan avval yonib ketgan.
Bundan tashqari, so‘roq paytida qo‘lga olinganlar Sultongazi tumanidagi o‘rmon bog‘iga ba’zi qurilmalar o‘rnatganliklarini va ular qizdirilganda o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘lishi mumkinligini xabar qilishgan. Keyinroq xavfsizlik kuchlari ularni topib, yo‘q qilgan.
Tez orada o‘t qo‘yyuvchilarning boshqa sheriklar ham Baxchelievler tumanidagi kvartiralarda qo‘lga olindi - jami 11 kishi. Tintuvlar davomida kamida 3,2 kilogramm portlovchi moddalar va portlovchi moslamalarni yig‘ish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa jismlar va elementlar topildi, deb yozadi gazeta.