TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Charos Qayumova Kimunyong Cup-2023" turnirida oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Koreya Respublikasining Muju shahrida 2-6 avgust kunlari taevondo WT bo‘yicha xalqaro "Kimunyong Cup" turniri o‘tkazilmoqda.
Musobaqa G 1 tasnifida tashkil etilmoqda, unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar 10 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.
Mazkur xalqaro musobaqaning kechagi bellashuvlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Charos Qayumova (-53 kg) ham ishtirok etdi.
“Charos o‘z vaznidagi barcha raqiblarini yengib, musobaqa g‘olibiga aylandi”, deyiladi xabarda.
Mazkur vaznda birinchi raqamli sportchi sifatida tasniflangan Charos oltin medal bilan birgalikda 10 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Koreya Respublikasi mezbonlik qilgan Osiyo chempionatidan so‘ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e’lon qilingan edi. Unda Charos Qayumova ayollar tasnif jadvalida ilk bor peshqadamga aylangan taekvondochiga aylangan.