TOShKENT, 4 avg — Sputnik. “Shovot-Toshovuz” qo‘shma savdo zonasini tez fursatda ishga tushirish zarur. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ishtirokida o‘tgan muzokara davomida ma’lum qilindi.
Uchrashuvda davlat rahbarlari O‘zbekiston-Turkmaniston chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.
Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi.
Aytilishicha, oliy darajadagi kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hukumatlar, vazirlik va idoralar o‘rtasidagi aloqalar tizimli tus olgan.
Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi.
“Shovot-Toshovuz qo‘shma savdo zonasini tez fursatda ishga tushirish zarurligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Birgalikdagi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlar o‘rtasidagi almashinuvlar va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida ikki davlat yetakchilari Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishgan edi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘lib turibdi. Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga kelgach, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mamlakat yetakchisi O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etadi.