Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi — video

Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga kelgach, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib, mamlakatlar strategik sherikligi izchil mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
"Savdo, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik kengayib borayotgani ta’kidlandi", deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
Ular mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi. Mamlakat yetakchisi O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etadi.
1 / 2

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

2 / 2

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.