TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Rossiya harbiylari uch aholi punkti hududidagi Ukraina pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda “Sharq” guruhi matbuot markazi rahbari Oleg Chexov “RIA Novosti”ga xabar berdi.
“Bombardimonchi, hujumchi va armiya aviatsiyasi Makarovka, Staromayorskoe, Priyutnoe hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining askarlari va texnikasi to‘plangan joylarga zarba berdi. Uchta “Furiya” va bitta “Leleka” dronlari havo mudofaa vositalari yordamida urib tushirildi”, — dedi Chexov.
Shu bilan birga, hujumchi dronlar “Oktabr” sovxozi hududida dushman pikapini va Makarovka hududida tankini yo‘q qildi.
Matbuot markazi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “Sharq” guruhining ilg‘or bo‘linmalari Kiyevdan Urojaynoe yo‘nalishida uyushtirilgan hujumni qaytargan, natijada ukrainalik harbiylar katta zarar ko‘rgan va orqaga chekingan.
Shuningdek, guruhning havo razvedkasi dushmanning ikki piyoda guruhining Staromayorskoe shimoli-sharqida va Zolotoy Niva janubidagi hududlarda oldinga siljishini ma’lum qildi, ta’kidladi Chexov.
Bundan tashqari, artilleriya UQK ning piyoda qo‘shinlari, texnikalari va zirhli jangovar mashinalariga zarba berdi, deya qo‘shimcha qildi manba. Vladimirovka shimolida artilleriya minomot ekipajini, Dobrovolye va Uspenovka janubi-sharqida esa M777 yo‘q qilindi, dedi Chexov. Novodonesk shimoli-g‘arbida gaubitsa artilleriyasi ham Ukraina minomot ekipajini zararsizlantirdi, deya xulosa qildi matbuot markazi rahbari.