O‘zbekistonning BMTdagi vakili o‘zgardi

Nyu-Yorkdagi BMT binosi
O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga Ulug‘bek Lapasov tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonning BMTdagi domiy vakili o‘zgardi. Ushbu lavozimda 2017-yildan buyon ishlab kelgan Baxtiyor Ibragimov o‘rniga Ulug‘bek Lapasov tayinlandi.

Ulug‘bek Lapasov shu kungacha O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Ulugbek Lapasov — postoyanniy predstavitel Uzbekistana pri Otdelenii OON v Jeneve.
Ulugbek Lapasov