Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin — O‘zbekistonda 5-avgust uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, respublikaning qator hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Ertaga, 5-avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublikaning qator hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent shahrida shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22-24, kunduzi +36-38 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +32-37 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +28 darajagacha, kunduzi +33-38 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. harorat kechasi +20-25, kunduzi +33-38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23-28, kunduzi +37-42 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +33-38 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.