Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum?

Fayzulla Yusupov Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Fayzulla Yusupov Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi.
Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
“Bugun xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada deputatlar Fayzulla Yusupovni Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi”, deyiladi xabarda.
Yusupov 1976-yil Qamashi tumanida tug‘ilgan. U 1999-yil Toshkent moliya institutini, 2006-yil O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tugatgan.
Tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.