TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Sudochye ko‘lida Qizil kitobga kiritilgan flamingo qushlari tasvirga olindi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi.
Qizilg‘oz qushlari (flamingo) ko‘l hududida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida tasvirga olingan.
"Sudoche" ko‘lda noyob flamingo galasi tasvirga olindi
© Ministerstvo Ekologii
Ma’lumot uchun, qizilg‘oz kamayib borayotgan, uchib o‘tuvchi qushlar sirasiga kiradi.
"Sudoche" ko‘lda noyob flamingo galasi tasvirga olindi
© Ministerstvo Ekologii
Eslatib o‘tamiz, Sudochye ko‘li flamingo qushlari bilan mashhur bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani hududida Amudaryo deltasining g‘arbiy qismida joylashgan.
Toshkent hayvonot bog‘ida ham flamingolarni uchratish mumkin. Avvalroq Toshkent hayvonot bog‘ida ilk bor 3 ta pushti flamingo jo‘jalari dunyoga kelgani ma’lum qilingan edi. Flamingolar poytaxt hayvonot bog‘iga 2019-yilda keltirilgan. 2022-yilda qushlar uya qurishga urinishgan, 2023-yilda esa juftliklar tuxum qo‘yib, jo‘jalarni o‘zlari boqadigan g‘amxo‘r ota-onalarga aylanishgan.