Samarqanddan Bokuga parvozlar qayta tiklandi — parvozlar jadvali

Parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Samarqanddan Bokuga parvozlar qayta tiklandi. Bu haqda Sputnik muxbiriga "Air Marakanda" matbuot xizmati xabar berdi.
“Azal” aviakompaniyasi yo‘nalish tarmog‘ini rivojlantirish doirasida 3-avgust kuni Samarqand xalqaro aeroportidan Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga parvozlarni qayta tikladi.

“Ozarbayjon havo yo‘llari aviakompaniyasining Boku-Samarqand-Boku yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar qayta tiklanishi ikki davlatning sayyohlik salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, - deyiladi xabarda.

Parvozlar haftada bir marta quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
Bokudan uchish payshanba kunlari soat 21:00 da;
Samarqanddan jo‘nab ketish juma kunlari soat 1:30 da (barcha reyslar uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan).
Chiptalarni aviakompaniya veb-saytida va Samarqand xalqaro aeroporti kassalari orqali xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Toshkentdan Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga aviaqatnovlar soni oshirilgan edi. Endilikda Toshkent-Boku-Toshkent aviaqatnovlari haftasiga 4-marta: seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda.