TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik bir guruh san’atkorlarga Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlari topshirildi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi.
Xabarda aytilishicha, Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida bir guruh o‘zbekistonlik san’atkorlar Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
O‘zbekistonlik san’atkorlarga Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlari topshirildi
© Ministerstvo kulturi
Ularga mukofotlar tantanali topshirildi.
O‘zbekistonlik san’atkorlarga Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlari topshirildi
© Ministerstvo kulturi
Mukofotlar bilan taqdirlangan san’atkorlar:
O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva - “Ozarbayjon xalq artisti” unvoni;
O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov - “Do‘stlik” ordeni;
O‘zbek davlat simfonik orkestri bosh dirijori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev - “Do‘stlik” ordeni.
O‘zbekistonlik san’atkorlarga Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlari topshirildi
© Ministerstvo kulturi
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevani "Ozarbayjon xalq artisti" faxriy unvoni bilan mukofotlagan edi.
Bundan tashqari, sozanda Abduhoshim Ismoilov, Toshkentdagi Ozarbayjon madaniy markazi faoli, sirdaryolik ozar shoiri Nosirli Ali Haydar o‘g‘li, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev "Dostlug" ("Do‘stlik" ) ordeni bilan taqdirlagan.