Moskvada migrantlarni noqonuniy ro‘yxatga olish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Moskvada migrantlarni noqonuniy ro‘yxatga olish ishi bo‘yicha 14 kishiga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Moskvada migrantlarni noqonuniy ro‘yxatga olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh tashkil etish bilan shug‘ullangan 14 kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Musofir/Migrant Rossiya Tergov qo‘mitasiga asosan xabar qildi.
Avvalroq poytaxtdagi jinoyatchilar politsiya homiyligida 100 mingga yaqin nolegal migrantni noqonuniy ro‘yxatga olib, kamida 420 million rubl daromad olgani xabar qilingandi.

"Rossiya Davlat tergov qo‘mitasining Moskva shahrida noqonuniy migratsiyani tashkil etish va mansab vakolatini suiiste’mol qilish bo‘yicha 14 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi", — deyilgan xabarda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yildan 2022-yilgacha ayblanuvchilar Moskva va Moskva viloyatida xostellar ishini tashkil qilishgan. Ular o‘zlari va ishonchli shaxslar nomiga mehmonxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazishgan. Yotoqxonalardagi o‘rinlardan oshirib, chet elliklarni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishgan.