Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlandi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va moliya vaziri etib tasdiqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Jamshid Qo‘chqorov bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.
Jamshid Qo‘chqorov 2022-yil oxiridagi ma’muriy islohotlardan oldin bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot vaziri edi. Keyin bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qoldi. Yangi tuzilgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi Moliya va Iqtisodiyot vazirliklarining vazifalarini, Bojxona qo‘mitasi hamda Soliq qo‘mitasini o‘zida birlashtirgan edi.
Jamshid Qo‘chqorov 1962-yili Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Toshkent iqtisodiyot universiteti va AQShning Kolorado universiteti bitiruvchisi. Mehnat faoliyatini 1985-yilda boshlagan. Rahbarlik lavozimlariga 1996-yildan boshlab tayinlangan. Shundan buyon O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosari, Moliya vazirining o‘rinbosari, Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari vazifalarini bajarib kelgan.
2017 yilda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri bo‘ldi. 2020-yilda iqtisodiyot va sanoat vaziri etib tayinlandi, shu yilni o‘zida bu vazirlikIqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga aylantirildi.