TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yil iyul oyi barcha joylarda iqlimiy meyordan 1,5−2,5 darajaga iliqroq bo‘ldi. Shu bilan birga, o‘tgan oydagi maksimal havo harorati yangi rekordlarni o‘rnatmadi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, oyning harorat tartibi turlicha bo‘ldi. Birinchi o‘n kunlikda O‘zbekiston hududiga Kavkazdan salqin havo kirib keldi va hududning katta qismida +32…+36 daraja atrofida bo‘lgan qulay havo harorati kuzatildi va hatto respublikaning eng chekka janubida ham harorat +37…+39 darajadan yuqoriga ko‘tarilmadi.
Ammo ikkinchi o‘n kunlikning boshidan yoz respublika hududida o‘z ta’sirini o‘tkazishni boshladi. Respublika hududiga Erondan yana issiq tropik havo kirib kelishi boshlandi va harorat ko‘tarildi. O‘zbekistonning katta qismida kunduzgi harorat +37…+40 daraja atrofida, eng issiq davrlarda esa +41…+42 darajagacha, janubda +43…+45 darajagacha, cho‘l hududlarda va Orolbo‘yida 46 darajagacha bo‘ldi.
Iyul oyida harorat 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni: Toshkentda 8 kun (o‘rtacha yillik qiymati (meyor) 2 kun), Termiz shahrida 24 kun (meyor 16 kun), Nukusda 8 kun (meyor 4 kun) qayd etildi.
Eng issiq iyul oyi reytingida 2023-yil iyul oyi hududning kattta qismi bo‘yicha 2019 va 2021-yillarning iyul oylaridan so‘ng birinchi uchlikka kirdi. Respublikaning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy hududlari bo‘yicha bu yilning iyul oyi eng issiq iyul oylar orasida 4−6-o‘rinni egalladi.
2023 yil iyul oyi quruq bo‘ldi, bunday holat O‘zbekiston bo‘yicha ushbu oy uchun xosdir. Hududning katta qismida yomg‘ir umuman yog‘madi yoki ularning miqdori biroz bo‘ldi. Faqat respublikaning tog‘li hududlarida bir oy ichida 13 mm dan 30 mm gacha, Toshkent viloyatining baland tog‘larida va Qamchiq dovonida esa oy uchun yog‘ingarchilik
35−48 mm gacha bo‘ldi.
35−48 mm gacha bo‘ldi.