Iyul oxirida Filippin, Tayvan va Xitoyga yopirilgan "Doksuri" to‘foni kuchli yomg‘ir yog‘ishi va sel kelishiga sabab bo‘ldi. To‘fon mana ikki haftadirki tinmayapti.
Filippinning Xagonoy va Keson-Siti shaharlari ko‘chalari kuchli yomg‘ir sabab suv ostida qolgan. Mahalliy aholi suv bosgan yo‘llarda kanoeda harakatlanmoqda.
Filippinda umumiy hisobda 200 ming kishini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan, 13 kishi bedarak yo‘qolgan.