TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Amerikalik transgender Sara Eshton-Chirillo Ukraina mudofaa kuchlarining rasmiy vakillaridan biriga aylandi, deya xabar berdi Ukrainaning “Strana.ua” nashri.
“Amerikalik transgender ayol Ukraina mudofaa kuchlarining spikerlaridan biriga aylandi”, - deb yozadi nashr.
Nashrning yozishicha, Eshton-Chirillo jurnalist bo‘lgan, o‘tgan yili Ukraina qo‘shinlari safiga qo‘shilgan, hududiy mudofaada shifokor bo‘lgan, jarohat olgan.