TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 21,90 so‘mga oshib, 11 655,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 31,03 so‘mga oshdi va 12 798,37 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl1,27 so‘mga tushib, 125,32 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha dollarning rasmiy kursi 11 633,11 so‘mni, rubl esa 126,59 so‘mni tashkil qilgan edi.