TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar MDH mamlakatlari o‘yinlarida ishtirok etmoqda, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi.
Aytilishicha, o‘zbekistonlik sportchilar MDH davlatlarining II o‘yinlarida ishtirok etish uchun Minsk shahriga yetib kelishdi. Ular orasida bokschilar, sportchilar, gimnastikachilar, gandbolchilar, dzudochilar va boshqa sportchilar bor.
O‘zbekistonlik sportchilar MDH davlatlarining II o‘yinlarida ishtirok etish uchun Minsk shahriga yetib kelishdi
© BelTA
"Jamoamiz g‘alaba qozonish uchun keldi.Musobaqa dasturi juda boy, ammo umid qilamanki, bizda Belorus bilan tanishish vaqti bo‘ladi”, dedi O‘zbekiston vakili Aysha Tairova BELTA nashriga bergan intervyusida.
O‘zbekistonlik sportchilar MDH davlatlarining II o‘yinlarida ishtirok etish uchun Minsk shahriga yetib kelishdi
© BelTA
MDH o‘yinlari 4-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Belarusning 11ta shahrida sportning 21 turi bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi.
O‘zbekistonlik sportchilar MDH davlatlarining II o‘yinlarida ishtirok etish uchun Minsk shahriga yetib kelishdi
© BelTA
MDH o‘yinlarda 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston sport delegatsiyalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil Qozon shahrida MDH davlatlarining I o‘yinlari 16 sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan.
Musobaqada MDHning 9 davlati – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston terma jamoalaridan 1000 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan. Ishtirokchilar sportning 16 turi bo‘yicha 181 ta medal jamlanmasi uchun o‘zaro bellashishgan.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi 23 ta oltin, 32 ta kumush, 35 ta bronza, jami 90 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan.