O‘zbekistonlik shaxmatchilarning jahon kubogidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Bugun musobaqaning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Ozarbayjonda o‘tayotgan jahon kubogining 1/64 bosqichida o‘zbekistonlik shaxmatchilarning raqiblari ma’lum bo‘ldi.
Bugun musobaqaning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Nodirbek Abdusattorov turkiyalik Vaxap Sanalga qarshi dona suradi.
Javohir Sindorov avstriyalik Markus Raggerga, Nodirbek Yakubboyev esa vengriyalik Benjamin Greduraga raqib bo‘ladi.
Jahon kubogini birinchi bosqichida dona surgan Shamsiddin Vohidov tay-brekda mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi. Uning raqibi ozarbayjonlik Abdulla Gadimbayli 100 ochkodan yuqori farq bilan mag‘lub etib, ikkinchi bosqichga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun jahon kubogi omadli boshlandi. Bokuda o‘tayotgan musobaqaning ilk kunida 4 nafar o‘zbekistonlik dona surdi. Xususan: Javohir Sindorov Deng Kipriano Reanni (JAR), Nodirbek Yakubboyev Malek Koniaxlini (Misr) mag‘lub etdi. Shamsiddin Vohidov Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) bilan, Nilufar Yakubboyeva Yeva Repkova (Slovakiya) bilan durang qayd etdi.
30 iyul-24 avgust kunlari davomida bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi umumiy sovrin jamg‘armasi 1,8 mln dollar.