Mirziyoyev Ohangaronda elektrotexnika sanoati zonasini tashkil etishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev “Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Ohangaronda elektrotexnika sanoati zonasini tashkil etishni taklif qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev “Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, mazkur iqtisodiy zona 2012-yilda tashkil etilgan. U Angren shahri, Ohangaron shahri va tumani, Bekobod shahrining bir qismini qamrab olgan. Bugun ushbu zonada 76 ta korxona, ularda 11 mingdan ziyod aholi ishlamoqda.
Shavkat Mirziyoyev “Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Ulardan biri – “Premier elektrotech” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 23 million dollarlik loyihasi. O‘tgan yili dekabrda ishga tushgan bu korxona yiliga 100 ming dona kir yuvish mashinasi va 200 ming dona sovutgich ishlab chiqarish hamda 1 million dollarlik eksport quvaatiga ega. 350 kishi ish bilan ta’minlangan.
Bu loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, uni kengaytirish uchun qurilish olib borilmoqda. Ikkinchi bosqich shu yil dekabrda foydalanishga topshiriladi va ish o‘rinlari 450 taga yetadi.
Shavkat Mirziyoyev “Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
“Jamiyat tomonidan, shuningdek, televizor, konditsioner kabi boshqa maishiy texnikalar ham ishlab chiqariladi. Raqobatbardosh bu mahsulotlar MDH mamlakatlariga eksport qilinmoqda”, deyiladi xabarda.
Mirziyoyev Ohangaronda tayyor sanoat infratuzilmasi borligi, bu xorijiy investitsiyalar jalb etish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev “Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
“Shu kabi korxonalarni kengaytirish maqsadida elektrotexnika sanoati zonasini tashkil etish taklifi bildirildi”, deyilgan xabarda.
Ohangaron metall quvurlar zavodining joyi besh yil oldin unumsiz dala edi. 2018-yildan boshlab sanoat majmuasi barpo etildi. 49 million dollarlik bu loyiha uchun uskunalar Turkiyadan olib kelindi. Yillik 205 ming tonna metall mahsulotlar tayyorlash quvvati yaratilib, 250 ta ish o‘rni yaratilgan. Joriy yilning 6 oyida qariyb 4 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Shavkat Mirziyoyev “Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
“Silk plast quality” korxonasida yiliga 13 ming tonna polimer quvurlar va fiting mahsulotlari tayyorlanadi. 78 kishining bandligi ta’minlangan.
Davlat rahbari shu yerda “Angren” erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. Yangi loyihalarni shakllantirish, aholi bandligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasida yana 42 ta loyiha bo‘yicha ishlar boshlangan. Ularda 5 mingdan ziyod ish o‘rni ochiladi.