TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) iyul oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi.
O‘zbekistonlik bokschilar quyidagi pog‘onalarni egallashgan:
super o‘rta vazn (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev 6-o‘rin;
super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin;
yarim o‘rta vazn (66,6): Shahram G‘iyosov 2-o‘rin;
super yengil vazn (63,5 kg): Botir Ahmedov 4-o‘rin;
yarim yengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 1-o‘rin;
birinchi yarim yengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 2-o‘rin;
minimum vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov 2-o‘rin.