Dollar ko‘tarildi — 2-avgustda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Yevro va rubl so‘mga nisbatan arzonlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,96 so‘mga oshib, 11 633,11 so‘mni tashkil qildi. Yevro birdaniga 50,96 so‘mga arzonlashib, 12 767,34 so‘m ga teng bo‘ldi.
Rubl ham 0,51 so‘mga tushib, 126,59 so‘mni tashkil qildi.