O‘zbekistonda 1-avgust ob-havo ma’lumoti

Toshkentda 1-avgust kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati kunduzi 38-40 daraja bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra, 1-avgust kuni respublikada yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, havo harorati 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
TOShKENT ShAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 38-40° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40°, ba’zi joylarda 42° gacha bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 37-42°bo‘ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, Sirdaryo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40°bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39°bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.