TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Qora dengiz floti kemalariga dengiz dronlari yordamida hujum qilishga urindi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
Rossiya patrul kemalari Sevastopoldan 340 kilometr janubi-g‘arbda Qora dengizda ularga hujum qilmoqchi bo‘lgan Ukrainaning uchta masofadan boshqariladigan katerini yo‘q qildi.
“Bugun tunda Ukraina Qurolli kuchlari Qora dengiz flotining “Sergey Kotov” va “Vasiliy Bikov” patrul kemalariga uchta uchuvchisiz dengiz qayiqlari bilan hujum qilishga muvaffaqiyatsiz urinishdi. Hujumni qaytarish paytida dushmanning uchta kateri Rossiya kemalarining standart qurollari bilan yo‘q qilindi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, "Sergey Kotov" va "Vasiliy Bikov" kemalari o‘z vazifalarini bajarishda davom etapti.