TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Shadurdi Meredov Turkmanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov tegishli farmonga imzo chekdi.
“Meredov Shadurdi Oveznepesovich Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi (Toshkent shahri) Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlansin”, - deyilgan hujjatda.
Meredev bunga qadar mamlakatning Qirg‘izistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi Yazguli Mammedov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etilgani xabar qilingan edi.