Samarqanddagi mehmonxonada ayol murdasi topildi — prokuratura

Aniqlanishicha, Samarqand shahri “Nurli yo‘l” mahallasida joylashgan mehmonxonada 30 yoshli ayoning murdasi bo‘yin sohasidan bo‘g‘ilgan holatda topilgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Samarqand shahridagi mehmonxonada 30 yoshli ayolning murdasi topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Temiryo‘l dehqon bozori oldidagi mehmonxonalarning birida qotillik ro‘y berganligi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi.
Aniqlanishicha, Samarqand shahri Nurli yo‘l mahallasida joylashgan mehmonxonada 30 yoshli ayoning murdasi bo‘yin sohasidan bo‘g‘ilgan holatda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.