Samarqanddan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Samarqanddan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Bugundan boshlab "Panorama Airways" aviakompaniyasi Samarqanddan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reysni amalga oshirishni boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Samarqanddan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Sputnik muxbiriga "Air Marakanda" matbuot xizmati xabar berdi.
Bugundan boshlab "Panorama Airways" aviakompaniyasi Samarqanddan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reysni amalga oshirishni boshladi.
Aytilishicha, bu "Air Marakanda" milliy aviatashuvchisi "Panorama Airways" bilan hamkorlik natijasi bo‘ldi.
Avialaynera kompanii Panorama airways Airbus 320 na 180 kresel  s ekonomicheskoy komponovkoy salonov.
Samarqand xalqaro aeroporti terminalida Madinaga parvozning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Samarqand xalqaro aeroporti terminalida Madinaga parvozning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “Air Marakanda” bosh direktorining aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Mariya Sharavina va “Panorama Airways” Kuzatuv kengashi raisi Abdurahmon Fatayev ishtirok etdi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi.
Samarqanddan Madinaga parvozlar haftada bir marta seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Avialaynera kompanii Panorama airways Airbus 320 na 180 kresel  s ekonomicheskoy komponovkoy salonov.
Panorama Airways aviakompaniyasi Samarqanddan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reysni amalga oshirishni boshladi
Eslatib o‘tamiz, "Panorama Airways" 17-fevraldan Sochidan Toshkentga parvozlarni amalga oshira boshlagan.