TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Italiya yangi sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari “Arsenale Group” kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari “Arsenale Group” kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashdi
Muzokaralar davomida Italiya kompaniyasining “Luxury touristic train” yangi turistik poyezd taqdim etildi. Bu poyezd sayohatchilar uchun hashamat va qulaylikni taqdim etadi.
"Poyezdni Toshkent – Samarqand – Buxoro – Xiva – Toshkent yo‘nalishida yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda", - deyiladi xabarda.
Uchrashuvda tomonlar qo‘shma korxona tashkil etish, yo‘nalishlar va jadvallarni ishlab chiqish, shuningdek, loyiha bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashni nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.
Ma’lumot uchun, “Arsenale Group” muhandislik, qurilish, transport va turizm kabi turli biznes sohalariga ixtisoslashgan italyan kompaniyasi.