TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligining 1-avgust hisoboti:
Terrorchilik hujumi. O‘tgan tunda Kiyev rejimi Qora dengizning janubi-g‘arbiy qismidagi Bosfor bo‘g‘oziga yo‘l olgan Rossiya fuqarolik transport kemalariga qarshi uchta yarim suv osti masofadan turib boshqariladigan qayiqlar yordamida terrorchilik hujumini uyushtirishga urindi. Hujum dronlari Rossiyaning harbiy-dengiz kuchlarining dengiz transportiga hamroh bo‘lgan kemalari tomonidan o‘z vaqtida aniqlandi va yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi Belogorovka, Berestovoe, Severnoe, Mariinka, Zaysevo aholi punktlari hududlarida dushmanning 8ta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. DXRning Seversk, Predtexino, Suxaya Balka, Lastochkino va Georgiyevka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga zarba berildi.
Kun davomida dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 345 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, oltita BMP, to‘rtta avtomobil, bita "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi, AQShda ishlab chiqarilgan bitta M777 artilleriya tizimi 5ta Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, shuningdek, 5ta dala artilleriya to‘pini tashkil etdi.
DXRning Novgorodskoe aholi punkti hududida UQKning 24-mexanizatsiyalashgan brigadasining ikkita o‘q-dori va raketa va artilleriya qurollari ombori yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporoje yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRning Prechistovka, Makarovka, Zaporoje viloyatining Malaya Tokmachka va Novoandreyevka aholi punktlari hududlarida UQKning ishchi kuchi va texnikasini yo‘q qildi.
DXRning Staromayorskoe va Zaporoje viloyatining Yabloneve aholi punktlari hududlarida dushmanning ikkita hujumini muvaffaqiyatli qaytardi.
Kun davomida bu hududlarda dushman yo‘qotishlari 220 dan ortiq harbiy xizmatchilar, ikkita tank, oltita piyoda jangovar texnikasi, AQShda ishlab chiqarilgan bitta "Bradley" zirhli mashinasi, ikkita avtomobil, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, "Akatsiya" gaubitsasi, shuningdek, Giatsint-B artilleriya to‘pini tashkil qildi.
DXRning Razdolnoe aholi punkti yaqinida UQKning 38-dengiz piyodalari brigadasi o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhining hujum otradlari hujumni davom ettirdi va LXRning Kuzemovka aholi punkti hududida yanada qulayroq pozitsiyalarni egalladi.
Xarkov viloyatining Novomlinsk, Timkovka, Kislovka, Kotlyarovka, Berestovoe va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida UQKning harbiylari va texnikasi to‘plangan sakkizta nuqtaga zarba berildi.
LXRning Svatovskiy tumanidagi “Popov o‘rmoni” hududida Ukraina Qurolli kuchlari 25-havo-desant brigadasi bo‘linmalarining ikkita hujumi muvaffaqiyatli qaytarildi.
Dushmanning umumiy yo‘qotishlari 120 nafar harbiy xizmatchi, bitta zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, shuningdek, D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Xarkov viloyati Kislovka qishlog‘i yaqinida 103-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari, armiya aviatsiyasi zarbalari va artilleriya o‘qlari LXRning Raygorodka, Nevskoe va Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida dushmanning uchta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi.
DXRning Terniy aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhi faoliyati to‘xtatildi.
LXRning Sergeyevka, Xarkov viloyatining Drujelyubovka, Torskoe va Serebranka aholi punktlari hududlarida UQKning 21, 63 va 66 mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalariga kompleks zarba berildi.
Kun davomida 75 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, uchta zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, D-20 va D-30 gaubitsalari, shuningdek, ikkita Gvozdika o‘ziyurar artilleriya qurilmalari yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida kuniga 40 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta avtomashina, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va Msta-B gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi UQKning 124 ta tumanda joylashgan 103-artilleriya bo‘linmalarini o‘q otish pozitsiyalari, ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Xarkov viloyatining Steskovka aholi punkti hududida "Zoopark-3" artilleriyaga qarshi radar majmuasiga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimining 16 ta raketasini tutib oldi.
LXRning Zaliman, Novoandreyevka, Spornoe, Berestovoe, Kremenes, DXRning Volnoe, Michurina, Balochka, Zaporoje viloyatining Konskie Razdori, Xerson viloyatining Staraya Zburevka, Radensk va Novaya Kaxovka aholi punktlari hududlarida 21 ta Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlari yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 458 ta samolyot, 245 ta vertolot, 5402 ta uchuvchisiz uchish apparati, 427 ta zenit-raketa majmuasi, 11067 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalari, 1141 ta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi mashinalari, 5699 ta dala artilleriya qurollari va gaubitsalar, 12 003 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.