Kiyev Qora dengizdagi Rossiya fuqarolik kemalariga hujum qilishga urindi

Rossiya HDF kemalari dushman katerlarini o‘z vaqtida payqagan va barini yo‘q qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Kiyev Qora dengizdagi Rossiya fuqarolik kemalariga masofadan boshqariladigan katerlar bilan hujum qilishga urindi. Rossiya Harbiy-dengiz floti (HDF) kemalari ularni o‘z vaqtida aniqlab yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Bugun tunda Kiyev rejimi uchta ekipajsiz kater yordamida Qora dengizning janubi-g‘arbiy qismidagi Bosfor bo‘g‘oziga ketayotgan Rossiya fuqarolik transport kemalariga terrorchilik hujumini amalga oshirishga urindi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, transportlarni kuzatib borayotgan Rossiya HDF kemalari ularni o‘z vaqtida aniqlagan va barcha katerni yakson qilgan.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qora dengizdagi "Sergey Kotov" va "Vasiliy Bikov" patrul kemalariga dengiz dronlari yordamida hujum qilishga uringanini xabar qilgan edi. Dushman dronlari yakson qilingan, Rossiya kemalari esa o‘z vazifasini bajarishda davom etmoqda.