"O‘zatom"ga yangi rahbar tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum?

Bahram Mansurov 2018-yildan buyon “O‘zatom” agentligi bosh direktorining o‘rinbosari, keyinroq esa birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga ("O‘zatom") Bahram Mansurov direktor etib tayinlandi.
Mansurov 2018-yildan buyon “O‘zatom” agentligi bosh direktorining o‘rinbosari, keyinroq esa birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.
U Ukrainadagi Ivano-Frankovsk neft va gaz institutida "neft va gaz konlarini o‘zlashtirish texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalash" mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
Mehnat faoliyati:
1992-1998 y. - “Sho‘rtangaz” gaz konlari boshqarmasi “Sho‘rtan” koni kuzatuvchisi, texnologiya bo‘limi muhandisi, butlash bo‘limi boshlig‘i;
1998-1998 y. - “O‘zbekneftgaz” neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi, “O‘ztashqineftegaz” tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha birlashmasiga qarashli kontraktlar ijrosini ta’minlash direksiyasi “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” qurilishi bo‘yicha kontraktni nazorat qilish guruhi qurilish maydoni bosh mutaxassisi;
1998-2001 y. - “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi qurilish” boshqarmasi maydonida qurilish, ishga tayyorlash va tushirish ishlarini nazorat qilish guruhi bosh mutaxassisi, guruh rahbari;
2001-2010 y. - “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” unitar sho‘’ba korxonasi bosh texnologi;
2010-2013 y. - “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” unitar sho‘’ba korxonasi bosh muhandis vazifasini bajaruvchisi;
2013-2014 y. - “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” unitar sho‘’ba korxonasi direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi;
2014-2015 y. - “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” unitar sho‘’ba korxonasi bosh muhandis vazifasini bajaruvchi;
2015-2017 y. - “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh muhandis vazifasini bajaruvchisi;
2017-2017 y. - “O‘zbekneftgaz” MXK ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirish va yagona texnika siyosatini amalga oshirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;
2017-2018 y. - “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-bosh muhandis;
2018-2019 y. - O‘zbekiston Energetika vazirligi xuzuridagi atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari;
2019 y-2023 y. - O‘zbekiston Energetika vazirligi xuzuridagi atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari.