TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vengriyada "Paksh" atom elektr stansiyasi qurish shartnomasiga o‘zgarishlar kiritish haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Ma’lumot uchun, 2014-yil 28-martda Vengriyada ikkita energiya blokiga ega bo‘lgan "Paksh" atom elektr stansiyasi qurilishi va uni qurilishiga Rossiya mablag‘laridan 10 milliard yevrogacha davlat krediti ajratish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan edi.
2022 yil fevral oyida AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan bir tomonlama cheklovchi choralar va buning natijasida Rossiya Federatsiyasi qarzdor davlatlardan, shu jumladan Vengriyadan AQSh dollari va yevrodagi to‘lovlarni qabul qilishiga cheklovlar paydo bo‘ldi.
Shundan so‘ng Rossiya va Vengriya Moliya vazirliklari rossiyalik pudratchi va vengriyalik buyurtmachi orasida yangi to‘lov shartlar va uni amalga oshirish tartibini ishlab chiqishdi.
Imzolangan protokol ushbu, Vengriya uchun muhim bo‘lgan eneregetika obyektini qurilishini to‘xtovsiz davom ettirish va loyihani o‘z vaqtida buyurtmachiga topshirishni ta’minlaydi.