UZCARD va HUMO kartalari barcha bankomatlarda bir xil qabul qilinadi

Integratsiya to‘lov kartalari foydalanuvchilariga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilgan
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. ️Endi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha tijorat banklari bankomatlari UZCARD va HUMO kartalaridan tranzaksiyalarni amalga oshirish va naqd pul yechib olish imkonini beradi.

"Yagona umumrespublka protsessing markazi" UZCARD va HUMO to‘lov tizimlarining bankomatlari integratsiyasi muvaffaqiyatli yakunladi.

Integratsiya to‘lov kartalari foydalanuvchilariga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilgan. Fuqarolar "mos" bankomat izlab vaqt yo‘qotmaydi.