TOShKENT: 31-iyul — Sputnik. 1944 yil 31-iyul kuni RSFSRning so‘nggi hududlari fashistlardan ozod qilingan edi.
Eng so‘nggi janglar Pskov va Leningrad uchun bo‘lib o‘tdi. Nemislar Pskov hududida mustahkamlangan “Pantera” himoya chizig‘ini barpo qilishgan edi. 1944-yil 17-iyul kuni Pskov-Ostrov hujum operatsiyasi boshlandi. Dastlab Ostrov shahri, 23-iyulda Pskov ozod qilindi. Operatsiya maqsadi fashistlarning 175 km li “Pantera”sini vayron qilish edi
Qizil Armiya qo‘shinlari 21-iyul kuni Boltiqbo‘yida jang qilgan Pskov va Leningrad viloyatining ozod etilishi bilan RSFSR hududida urush tugagan.