Pokistonda partiya qurultoyida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘ldi

Portlash partiya yetakchilaridan biri tarafdorlari oldida nutq so‘zlayotgan paytda xudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborgan.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xaybar Paxtunxva viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘ldi, 100 nafardan ziyod kishi jarohatlandi. Bu haqda “Dawn” gazetasi viloyat sog‘liqni saqlash vaziri Riaz Anvar so‘zlariga tayangan holda xabar berdi.
Xudkush terrorchi “Djamiat Ulemai Islam” (“Islom Ulamolari jamiyati”) partiyasi qurultoyida portlash uyushtirgan.
“Bu xudkush hujumi edi. Terrorchi o‘zini bevosita sahna yaqinida portlatib yubordi”, - deya vazir so‘zlaridan iqtibos keltirgan gazeta.
Avvalroq “Geo News” telekanali terakt oqibatida 40 kishi halok bo‘lgani va 200 nafardan ortiq kishi jabrlanganini xabar qilgan edi.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da partiya yetakchilaridan biri tarafdorlari oldida nutq so‘zlayotgan paytda ro‘y bergan. U yerda jami 400 kishi bo‘lgani aytilmoqda
Telekanal xabariga ko‘ra, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif voqeani surishtirish va aybdorlarni topishni buyurgan.