TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. Bu haqda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi matbuot xizmati xabar qildi.
"O‘zbekiston — 2030" strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishlar doirasida amalga oshiriladi:
har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish;
qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
mamlakatni xavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirish ishlarini davom ettirish.
Fuqarolar loyihalarning muhokamasida ishtirok etib, o‘z takliflarini regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallariga yuborishi mumkin. Muhokama 9-avgustga qadar davom etadi.