TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Kiyev hukumatining Moskva bilan muzokaralardan bosh tortishi Rossiyaga “boshlangan maxsus harbiy operatsiyani oxirigacha yetkazish” imkonini beradi. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev shunday fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev hukumatining “yashay olmaydigan tinchlik formulasini” o‘rtaga tashlashi, muzokaralar o‘tkazishning boshqa variantlarini esa og‘zidagi ko‘piklar bilan rad etishi Rossiyaga foydali. Medvedev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risidagi qog‘ozni imzolaganini ham “foydasi bor” deb atagan.
“Bularning bari Rossiyaga boshlangan maxsus harbiy operatsiyani oxiriga yetkazish imkonini beradi”, - deya yozdi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari o‘zining Telegram-kanalida.
Medvedev Bandera rejimining intihosi, neonatsist mafkurasi va G‘arbdan o‘g‘irlangan pullar va “o‘zining o‘taketgan nafsini qondirish uchun o‘zining ko‘plab fuqarolarini halok qilgan barcha razillarning jismoniy bitishini nazarda tutganini qo‘shimcha qilgan.