Bu qiziq

Kimga qovun iste’mol qilish mumkin emas

Diabet va ortiqcha vaznli kishilar tarvuz hamda qovunlarni meyoridan ortiq istemol qilmasliklari kerak.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Qovun homilador yoki emizikli ayollar, immuniteti past insonlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin, ma’lum qildi parhezshunos Yelena Solomatina “Vechernyaya Moskva” gazetasiga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, shifokor bolalar va qariyalar uchun erta pishgan qonvunlarni iste’mol qilishni tavsiya etmaydi.
“Ularda juda ko‘p miqdorda nitratlar bo‘lishi mumkin, bu esa bosh aylanishi, gipoksiya va jismoniy holatning yomonlashishiga olib keladi”, — deb tushuntirdi mutaxassis.
Biroq qovunlar juda ko‘p foydali xususiyatlarga ham ega. Masalan, ular energiya bilan ta’minlaydigan tabiiy shakar — fruktozani o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, mevada biriktiruvchi to‘qimalar, S vitamini va juda ko‘p suyuqlik mavjud bo‘lib, u organizm tomonidan oson so‘riladi.
“Ammo shuni yodda tutish kerakki, diabet va ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi insonlar shirin tarvuz hamda qovunlarni meyoridan ortiq istemol qilmasliklari kerak”, — dedi Solomatina.