“CAFA Futsal Cup 2023”: O‘zbekiston faxrli uchinchi o‘rinni egalladi

Eron 12 ochko to‘plab, “CAFA Futsal Cup-2023” g‘olibi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi shafeligida futzal bo‘yicha milliy terma jamoalar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “CAFA Futsal Cup-2023” musobaqasi yakunlandi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqa doirasidagi oxirgi uchrashuvini Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazdi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Husniddin Nishonov, Abdulla Solihov, Sunnatilla Jo‘rayev va Ilhom Hamroyev mualliflik qilishdi.
Umumiy hisobda 9 ochko to‘plagan O‘zbekiston uchinchi o‘rin bilan turnirni yakunladi.
Yakuniy jadval
Eron 12 ochko to‘plab, “CAFA Futsal Cup-2023” g‘olibi bo‘ldi, Afg‘oniston esa kumush medalga ega chiqdi (10 ochko).
Qayd etish joizki, o‘zbekistonlik futzalchi Husniddin Nishonov musobaqa to‘purari deya e’tirof etildi. U musobaqa davomida 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Xusniddin Nishonov