O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish hajmi oshdi

Iyun oyida yirik korxonalar 67,4 ming tonna shakar ishlab chiqargan.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar 332,6 ming tonna shakar ishlab chiqardi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatda shakar ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,9 foizga oshgan.
2023 yilning iyun oyida yirik korxonalar 67,4 ming tonna shakar ishlab chiqargan.
Avvalroq O‘zbekistondagi bozorlarda shakarning chakana narxi tushgani xabar qilingan edi.